Oʻqituvchi va murabbiylar – yurtimizning maʼnaviy tayanchi
2025-09-30 14:20:00 / Yangiliklar

Tadbirni general-mayor B.B.Kudratxodjayev ochib berib, mamlakatimizda oʻqituvchi va murabbiylarga berilayotgan ehtirom, ularning kelajak avlod tarbiyasidagi oʻrni, shuningdek, favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning mehnati alohida eʼtiborga molik ekanini taʼkidladi.
Shuningdek, vazirlik Akademiyasi, Fuqaro muhofazasi instituti, Boshlangʻich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi, Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda hududiy boshqarmalarning “Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazlari” va tizimda uzoq yillardan buyon faol va namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh oʻqituvchi va murabbiylar munosib taqdirladilar.
Shu bilan birga FVV tizimidagi harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan qutqaruvchilarga “Dovyurak jangchi” koʻkrak nishonlari ham tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida yosh xizmatchilar ustozlariga hurmat bajo keltirib, ularning faoliyati namunasi yoshlarga doimo ibrat boʻlishini alohida qayd etdilar. Tantanali marosim badiiy chiqishlar bilan davom etdi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.









