Sirdaryo viloyati FVB boshligʻi hududdagi maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrgandi
2025-09-30 10:00:00 / Yangiliklar

Viloyat FVB boshligʻi Gʻulomjon Muxamedov rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilayotgan oʻrganishlar davomida maktablardagi qozonxonalar, isitish tizimlari, tomlar va derazalarning mavsumga shayligi, energiya taʼminoti zaxiralarining holati, binodagi yongʻinga qarshi texnik himoya vositalarining sozligi oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tuzilgan holda, ijroga qaratilmoqda.
Shu bilan birgalikda, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida masʼullarga yoʻriqnomalar berib borilmoqda.


