Buxoro va Surxondaryo viloyatlari FVB xodimlari "Yongʻindan ogohlik" umummilliy kampaniyasi doirasida daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar va oʻquv mashgʻulotlari olib bormoqda.
2025-09-29 15:10:00 / Yangiliklar
Jarayonda o‘quv muasasalari, aholi yashash va talabalar turar joylarida yong‘in, zilzila, is gazidan zaharlanish va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.

Shuningdek, o‘quv mashgʻulotlarida yongʻin yuzaga kelgan sharoitdagi harakatlar, binodan odamlarni evakuatsiya qilish, yongʻinni bartaraf etish usullari va boshqa zaruriy choralar amaliy tarzda koʻrsatib berilmoqda.



