“Masʼullar xalq orasida” — Toshkent tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
2025-09-27 13:45:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Sotiyev rahbarligida Toshkent tumani markazidagi Madaniyat saroyida o‘tkazilgan sayyor qabulda tadbirkorlar, tuman aholisi va tizim harbiy xizmatchilari o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bevosita yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Qabul davomida murojaatchilar diqqat bilan eshitildi, ayrim muammolar joyida hal etildi, qolganlari mutasaddi idoralar nazoratiga olindi. Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasi, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda harbiy xizmatchilar uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Bunday uchrashuvlar xalq va davlat o‘rtasidagi ishonch va hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.



