FVVning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida "Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik" kuni munosabati bilan madaniy tadbirlar tashkil etildi.
2025-09-26 18:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, ularning oila a'zolari ishtirok etdi. Ushbu tadbirning maqsadi harbiy xizmatchilar va ularning oilalarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, oilaviy muhitni yaxshilash va yanada mustahkamlashdan iborat. Xususan bu tadbirlar Fuqaro muhofazasi instituti, FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyati FVBda tashkil etildi.




