“Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi
2025-09-25 15:40:00 / Yangiliklar
Bugun, 25-sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab bir vaqtning oʻzida koʻtarinki ruhda “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bugungi kunda ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida so‘z bordi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — “Jasorat maktabi” oʻquvchilarini kichik yoshdan Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni jismonan sogʻlom
va maʼnaviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashdan iborat.
Maʼlumot o‘rnida: hozirda Respublikamizdagi 208 ta “Jasorat maktablari” uchun 5 408 nafar oʻquvchi saralab olingan.








