Fuqaro muhofazasi instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
2025-09-25 15:25:00 / Yangiliklar
Kuni kecha Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonga aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash borasida institutda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar va zamonaviy o‘quv bazasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida yaratilgan shart-sharoitlar mehmonda katta taassurot qoldirdi. Markaz fuqarolarni va mutaxassislarni real favqulodda vaziyatlarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.


