Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
2025-09-25 14:35:00 / Yangiliklar
Anjumanni Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik N.Kadirov ochib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda seysmologiya sohasini rivojlantirish, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib o‘tdi.
Anjuman ishida xorijiy mamlakatlarning nufuzli tashkilotlarining 20 dan ortiq xalqaro ekspertlar, akademik olimlar hamda mamlakatimiz soha yo‘nalishlaridagi bir qator sohaning yetuk olimlari va mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Anjuman doirasida yalpi majlis, shuningdek, "Aholi va hududlarni muhofaza qilishda seysmik xavf-xatarlarni baholashga ilmiy-amaliy yondashuvlar", "Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar va muhandislik yechimlari", "Seysmik xavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik" mavzularida parallel sessiyalar o'tkazilmoqda.
Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi va hududlarni seysmik xavf-xatarlardan himoya qilishning ilmiy va amaliy yechimlarini topish, zamonaviy zilzilabardosh qurilish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, aholining seysmik madaniyatini oshirish, qutqaruv xizmatlari va aholi harakatlarini muvofiqlashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iboratdir.
