Yoshlarga ishonch, faxriylarga hurmat — ma’naviyat maydonida uchrashuv
2025-09-22 17:10:00 / Yangiliklar
Bugun, 22-sentyabr kuni Navoiy shahrida joylashgan Navoiy davlat Konchilik va texnologiyalar universitetida Navoiy viloyati FVB boshlig‘i, Navoiy harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi, Navoiy viloyat Faxriylar kengashi hamda tizimdagi yosh harbiy xizmatchi va talabalar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" hamda “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkzildi.

Dastlab, rahbarlar va faxriylar o’zlarini bosib o’tgan hayot yo’llari, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritib, o‘zlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, ularning takliflari tinglandi va ularga tegishli tavsiyalar berildi.
Yakunda, tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar boshqarma boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.








