Maxsus-taktik o‘quv mashqi
2025-09-19 18:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati FVB tomonidan "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida hududdagi paxta qabul qilish maskanida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Unda, FVDqT tarkibiga kiruvchi xizmatlar tomonidan aholini xavfsiz evakuatsiya qilish, birinchi yordam ko‘rsatish va yong‘inni o‘chirish kabi amaliy harakatlar bajarilib, ularning bilim ko‘nikmalari mustahkamlandi.
