Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ochiq chempionati musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
2025-09-13 17:40:00 / Yangiliklar
Unda, vazirlikning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalaridan 16 ta erkaklar jamoalari hamda 12 ta ayollar jamoalari 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Qizg‘in va murosasiz bo‘lib o‘tgan bellashuv yakuniy natijalariga ko‘ra erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin Andijon viloyati FVB jamoasiga;
2-o‘rin Qashqadaryo viloyati FVB jamoasiga;
3-o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyati FVBlari jamoalariga nasib etdi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra esa:
1-o‘rin Qashqadaryo viloyati FVB jamoasiga;
2-o‘rin Toshkent viloyati FVB jamoasiga;
3-o‘rin Sirdaryo viloyati FVB jamoasiga nasib etdi.
Yakunda, g‘olib va sovrinlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
