Samarqanddagi yirik savdo markazida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi
2025-09-13 09:45:00 / Yangiliklar

Unda, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda insonlarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va yong‘inlarni bartaraf etish borasida shaxsiy tarkib, maxsus xizmatlar va navbatchi ishchi xodimlarning shayligi hamda o‘zaro hamkorlikda harakatlari tekshirildi.
O‘quv mashqi yakunida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, ishtirokchilarga zarur tavsiyalar berildi.






