Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan profilaktik tadbirlar tunu-kun olib borilmoqda
2025-09-11 14:05:00 / Yangiliklar

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan aholi yashash xonadonlari, talabalar turar joylari hamda ijtimoiy soha va qurilish obyektlarida profilaktik tadbirlar olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, zaruriy eslatmalar tarqatildi.
Xususan, bu kabi tadbirlar Namangan, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirildi.








