FVV ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv amaliy seminarining navbatdagi manzili Andijon viloyati FVB bo‘ldi
2025-09-08 11:25:00 / Yangiliklar
Unda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibining xizmat va jangovar tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Unda, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibining xizmat va jangovar tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Besh kun davom etadigan o‘quv seminari davomida qutqaruvchilar nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda turli shartli vaziyatlarda amaliy mashqlarni ham bajarishadi.
Shuningdek, hujjatlarni yuritish tartibi, xizmat intizomi va ichki tartib qoidalariga rioya etish masalalari bo‘yicha ham batafsil o‘rganish ishlari olib borilishi belgilangan.
Tadbir yakunida bilim va ko‘nikmalarni baholash bo‘yicha maxsus test sinovlari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

