Moziyga sayohat
2025-09-06 12:10:00 / Yangiliklar

Kuni kecha, FVV xodimlari hamda ularning oila a’zolari ishtirokida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida “Ajdodlar xotirasi yuragimizda mangu qolajak” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar “Shahidlar xotirasi” hiyoboni, Amir Temur muzeyi, “G‘alaba bog‘i” va “Shon-sharaf” muzeyi hamda milliy adabiyotimiz siymolaridan biri, xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzeyga sayohat qildilar.
Muzeylarda bo‘lib o‘tgan suhbatlarda yurt ravnaqi va tinchligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlar xotirasiga hurmat izhor etildi. Har bir maskanda tarixning chuqur izlari, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘usi yanada kuchli his etildi.
Bu kabi ma’naviy sayohatlar orqali ishtirokchilar nafaqat tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar, balki vatanparvarlik, fidoyilik va birdamlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni qalblariga yanada chuqurroq singdirdirib, ularda Vatanga muhabbat va millat ravnaqi uchun mas’uliyat tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.
Xususan, bu kabi tadbirlar Toshkent shahar, Jizzax, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari FVB, FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi, Maxsus muhandislik qurilish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etildi.







