“Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasidagi tadbirlar
2025-09-05 20:05:00 / Yangiliklar
FVV markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalarida “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida “Jamiyat rivojida ommaviy axborot vositalarining oʻrni va roli, bosma nashrlarning ahamiyati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbir davomida OAVning jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrni, aholining maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishdagi taʼsiri hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, bosma nashrlar orqali ijtimoiy-maʼnaviy hayotda keng qamrovli islohotlar va yangiliklarni aholiga yetkazish, fuqarolarning axborot olish madaniyatini shakllantirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Tadbir yakunida xodimlar oʻrtasida faol muloqot tashkil etilib, oʻz fikr va mulohazalarini bildirish imkoniyati yaratildi. Uchrashuvlar ishtirokchilarda Vatanga sadoqat, kasbga masʼuliyat va maʼnaviy yuksalishga intilish kabi tuygʻularni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.





