Innovatsion yongʻin-texnik mahsulotlarini ishlab chiqish zamon talabi
2025-09-05 16:40:00 / Yangiliklar

Shu maʼnoda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar muammolari va yongʻin xavfsizligi ilmiy tadqiqot instituti hamda Mudofaa sanoati agentligining “Innovatsiya texnologiyalari markazi” oʻrtasida imzolangan Memorandum alohida ahamiyat kasb etdi. Ushbu hamkorlik 2025–2028 yillarda zamonaviy ishlanmalarni yaratish boʻyicha keng qamrovli rejalarni oʻz ichiga oladi.
Ushbu rejaning birinchi bosqichida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Innovatsiya texnologiyalari markazi mutaxassislari bilan birgalikda yongʻin oʻchirish robotlashtirilgan kompleksni ishlab chiqish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Demak, ilm-fan va texnologiya uygʻunligida yaratilayotgan bunday ishlanmalar ertangi kun xavfsizligini taʼminlash yoʻlida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi.
