Sirdaryo viloyati FVB boshligʻi rahbarligida hududda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
2025-09-05 13:35:00 / Yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalafot o‘tkazish borasida aholi yashash xonadonlari, maktablar, tibbiyot maskanlari, talabalar turar joylari va boshqa ijtimoiy obyektlarda profilaktik tadbirlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Aniqlangan kamchilik va qoida buzilish holatlari boʻyicha chora-tadbirlar belgilanib, masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berilmoqda.



