Respublikamiz bo‘ylab barcha paxta qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda
2025-09-04 10:30:00 / Yangiliklar
Bu kabi tadbir Samarqand viloyati FVB tomonidan ham tashkil etildi.

Samarqand viloyati FVB boshlig‘i rahbarligida Pastdarg‘om tumanidagi paxta qabul qilish va qayta ishlash korxonasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mazkur mashq davomida korxonada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazildi. Aholini evakuatsiya qilish, shartli yong‘inni tezkorlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda tuman FVDqT xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlik harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, xavfsizlik qoidalari tushuntirilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.







