Hududlarda tungi profilaktik ko‘riklar tashkil etildi.
2025-09-03 12:20:00 / Yangiliklar

Samarqand, Namangan, Xorazm va Andijon viloyatlari FVB xodimlari tomonidan tungi vaqtda odamlar qoladigan maskanlarda yuzaga kеlishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tungi profilaktik ko‘riklar o'tkazildi.
Unda, tungi vaqtda qolgan ishchi-xizmatchilar va talabalarga o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, favqulodda vaziyatlarda belgilangan tartibda harakat qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, zaruriy eslatmalar tarqatildi.








