#Vatan_uchun_millat_uchun_xalq_uchun
2025-08-30 12:20:00 / Yangiliklar
Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari FVB va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda, keksa avlod vakillari, tizimda uzoq yillar mehnat qilib hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar hamda xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a'zolaridan xabar olinib, ular bilan samimiy suhbatlar uyushtirildi. Bu kabi tadbirlar Respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.








