Respublikamiz bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda
2025-08-28 11:20:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm va Andijon viloyatlarida bu kabi tadbirlar amalga oshirildi.

Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari xodimlari tomonidan joylarda mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha aholi yashash xonadonlarida, bozorlar, ijtimoiy soha va qurilish obyektlarida yong‘in, is gazidan zaharlanish va boshqa turdagi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarning bilim ko‘nikmalari oshirildi.








