Besh tashabbus olimpiadasining hududiy bosqichida FVV Akademiyasi jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi
2025-08-28 09:45:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirlar doirada o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Toshkent shahar bosqichi mini-futbol bo‘yicha bellashuvlari kuni kecha Shayxontohur tumani sport maktabida bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada ko‘plab jamoalar ishtirok etib, o‘zaro qizlin va murosasiz raqobat olib bordilar. Ular orasida alohida mahorati, jamoaviyligi va qat’iyati bilan ajralib chiqqan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Akademiya jamoasining ushbu g‘alabasi keng jamoatchilikda katta taassurot qoldirdi. Yakunda esa sovrindor jamoalar esa tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


