Namangan viloyati FVB qism boshliqlari ishtirokida issiq tutunxona hamda ruhiy tayyorgarlik yoʻlagida amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi
2025-08-27 16:55:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, FVV masʼul xodimlari tomonidan oʻtkazilayotgan besh kunlik seminarni amaliy qismida Namangan viloyati FVB yongʻin-qutqaruv qism boshliqlarining jangovar, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish maqsadida, 1-yongʻin-qutqaruv qismidagi "Issiq tutunxona" hamda ruhiy tayyorgarlik yoʻlagida mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Shuningdek, qism boshliqlari hamda otryad qutqaruvchilari bilan jismoniy, ruhiy va jangovar tayyorgarliklarini takomillashtirish hamda murakkab sharoitlarda jangovar vazifalarni bajarishda kasbga xos tajriba va mahoratlarni oshirish maqsadida, “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”da barpo etilgan zamonaviy ruhiy olovli yoʻlakda guruhli taktik mashgʻulot oʻtkazildi.
Mashgʻulotlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad, qism boshliqlari va qutqaruvchilarni har qanday murakkab vaziyatlarda jangovar vazifalarni bajarishda ruhiy stress omillari taʼsirida kechiktirib boʻlmaydigan qidiruv qutqaruv ishlarni oʻtkazish, olovli yoʻllarilardan va toʻsiqlarda toʻgʻri harakatlanishi boʻyicha amalda bilim koʻnikmalarni shakllantirildi.









