Farg‘onada FVV ishchi guruhi tomonidan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibining xizmat va jangovar tayyorgarligi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi
2025-08-26 10:05:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga asosan, Farg‘ona viloyati FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning kasbiy, jangovar, saf hamda jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha keng qamrovli amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar jarayonida shartli ravishda ishlab chiqarish obyektlari va aholdi punktlarida zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya tadbirlari hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ishlari amalda bajarilib, ko‘nikmalar oshirildi.
