Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi tadbirlar belgilab olindi
2025-08-23 11:50:00 / Yangiliklar
Bugun, 23-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov rahbarligida Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda soha yo‘nalishidagi bo‘lim boshliqlari ishtirokida videokonfrensaloqa orqali onlayn va oflayn tarzda muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami hamda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davrida, shuningdek, mamlakatimizdagi bozorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amlaga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan muhokamalar davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib, mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

