FVV Akademiyasida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi
2025-08-20 14:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda Mudofaa vazirligi faxriysi, Turon fanlar Akademiyasi akademigi, “Jasorat” medali sohibi, isteʼfodagi polkovnik Gafurov Boxadir Berdiyevich, FVV Toshkent shahar boshqarmasi “Faxriylar kengashi” raisi, isteʼfodagi polkovnik Mirzoitov Mirzoxid Miragzamovich, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi kichik serjant Muxitdinov Bobur Anvarovich hamda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida faxriylar yoshlarni Vatanga sadoqat, fidoyilik va yurt istiqboli uchun mas’uliyat ruhida tarbiyalash borasida ibratli fikrlar bildirdilar. Kursantlar uchun uchrashuv hayotiy saboq va ibrat maktabi bo‘lib xizmat qildi.
Yakunda Akademiya rahbariyati tashrif buyurgan faxriylar va mehmonlarga samimiy minnatdorlik izhor etdi.


