Buxoro viloyati FVB tomonidan viloyat hududidagi bozorlarda profilaktik tadbirlar olib borildi
2025-08-19 10:50:00 / Yangiliklar
Bozorda FVB xodimlari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida profilaktik tadbirlar olib borildi. Tadbirlar davomida aholiga o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari, favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, yong‘in gidrantlarining ham ishchi holati ko‘zdan kechirildi.
