Namangan viloyatida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-08-19 09:40:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati FVB boshlig‘i hamda tuman hokimi o’rinbosarlari ishtirokida Norin tumanidagi yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, boshqarma boshlig‘i o’zini bosib o’tgan hayot yo’llari, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritib, o‘zlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shundan so‘ng, yoshlar bilan qiziqarli ko‘rik tanlovlar, sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, ularning takliflari tinglandi va ularga tegishli tavsiyalar berildi.
Yakunda, tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar boshqarma boshlig‘i tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.






