FVV harbiy xizmatchi ayollari oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari-2025” koʻrik tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-08-16 15:25:00 / Yangiliklar
FVV Akademiyasida o‘tkazilgan Respublika bosqichida hududiy saralash bosqichlarida birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar, Toshkent shahar, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari FVB va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi hamda FVV Akademiyasi harbiy xizmatchi ayollaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Unda jamoalar 5 ta shart ya’ni, o‘q otish tayyorgarligi, harbiy tayyorgarlik, epchil, tejamkor va orasta beka, bilimdonlik hamda erkin uslubda 50 metr masofaga suzish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Respublika bosqichining yakuniy natijalarga ko‘ra:
1 – o‘rin Toshkent shahar FVB jamoasiga;
2 – o‘rin FVV Akademiyasi jamoasiga;
3 – o‘rin “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi jamoasiga nasib etdi.
Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
