Buxoro viloyati FVBda "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida sportning kurash turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
2025-08-16 13:35:00 / Yangiliklar
Unda, viloyat FVBdan 27 ta jamoalar 60, 66, 73, 81, 90, 100 va 100+ vazn toifalarida o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz bo‘lib o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni Buxoro tumani FVB 6-Kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismi jamoasiga;
2-o’rinni Buxoro viloyati FVB Muborak Neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi MChJ 21- yong‘in-qutqaruv qismi jamoasiga;
3-o’rinni Buxoro viloyati FVB Gazli Neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi 25-yong‘in-qutqaruv qismi jamoasi qo’lga kiritdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlarga boshqarma boshlig'ining diplom va medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
