Respublikamiz bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kuchaytirilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
2025-08-15 14:15:00 / Yangiliklar

Bunday tadbirlarda soha xodimlari tomonidan aholi yashash xonadonlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi shuningdek, dudburon quvurlarini tozalash ishlari, xonadonda gaz sizib chiqishi holatlarini oldini olish, ochiq elektr simlarini bartaraf etish, propan gaz ballonlardan foydalanish talablariga qat'iy rioya qilish hamda qattiq yoqilg‘i mahsulotlari ko‘mir va yog‘ochdan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushunchalar berildi. Xususan, bu kabi tadbirlar Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirildi. Tadbirlar Respublika bo‘ylab davom etmoqda.



