Qarshi xalqaro aeroportida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2025-08-14 17:00:00 / Yangiliklar
#Noyob_kadrlar
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarligida "Qarshi xalqaro aeroporti"da maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Tadbirga aeroport, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Milliy gvardiya hamda boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari ham jalb etildi.
Mashq ssenariysiga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar bir nechta turdagi favqulodda vaziyatlarni — yong‘inni o‘chirishdan tortib, radioaktiv manbalarni zararsizlantirishgacha bo‘lgan ishlarni amalga oshirdi. Batafsil ma’lumot ushbu videolavhada.
