Buxoroda "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi
2025-08-14 15:05:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati FVB tomonidan "Buxoro" oromgohida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. Tadbirga FVB rahbariyati, sohada koʻp yillar davomida xizmat olib borgan ustozlar va faxriylar hamda yosh avlod vakillari taklif etildi. Tadbir davomida ustozlarning mashaqqatli umr yoʻllari soʻzlanib, yoshlar uchun qiziqarli boʻlgan koʻplab savollarga javob berildi.
Uchrashuv davomida "Quvnoqlar va zukkolar", "Shunqorlar" oʻyinlari va qiziqarli tomoshalar yoshlarda va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.



