Fuqaro muhofazasi instituti Magistratura bosqichiga qabul e’lon qiladi
2025-08-13 18:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti 71031902 – “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha 2025/2026 o‘quv yili uchun Magistratura bosqichiga qabul e’lon qiladi. Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga hujjatlar joriy yilning 20-avgust kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga oliy ta’lim muassasalarining “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar, idoralarning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida besh yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan, oliy ma’lumotli xodimlari hujjat topshirishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Alisherobod” MFY Anaybuloq ko‘chasi 3-uy.
Tel: 71-230-50-72, (71) 230-50-45
Е-mаil: fvvfmi@umail.uz
