Ko‘pkurash musobaqasi - mardlar maydoni!
2025-08-09 14:10:00 / Yangiliklar
Ushbu musobaqada Respublikamiz bo‘ylab 16 ta jamoa o‘zaro 4 bosqichda 11 ta shart bo‘yicha bellashdi. Musobaqaning birinchi kunida texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sharoitida qidiruv-qutqaruv ishlari bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda, qutqaruvchilar qulagan bino va vayronalarda qidiruv-qutqaruv ishlari , transport avariyalari va falokatlar va kimyoviy hamda radiatsion avariyalar shartlari bo‘yicha amaliy harakatlarni bajarishdi. Ikkinchi kunida suv havzalarida o‘tkaziladigan qidiruv-qutqaruv ishlari bosqichi o‘tkazildi. Bunda, suvda qutqaruv ishlari, suvda avariya-qutqaruv ishlari, suv osti texnik-muhandislik ishlari va suv osti-qutqaruv ishlari shartlari bo‘yicha bellashdi. Musobaqaning uchinchi kunida tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar sharoitida qidiruv-qutqaruv ishlari bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda qutqaruvchilar tabiiy muhitda qidiruv - qutqaruv ishlari, qoyali maydonlarda ishlash va toqqa chiqish shartlari bo‘yicha kuch sinashdi. Oxirgi yakuniy kunida esa, maxsus kuch mashqlari masofasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bosqichda estafeta (kross-fit) va kuch mashqlari majmui shartlari bajarildi.
Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:
I-o‘rin Toshkent shahar FVB jamoasiga;
II-o‘rin "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi jamoasiga;
III-o‘rin Toshkent viloyati FVB jamosiga nasib etdi.
Yakunda, g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
