Uzbekistan Airports, FVV va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
2025-08-09 12:10:00 / Yangiliklar

Unda, qutqaruvchilar hamda tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan hamkorlikdagi amaliy harakatlar bajarilib, soha xodimlarining shayligi yanada oshirildi. Ushbu ko‘rinishdagi hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad aviahalokat sodir bo‘lgan taqdirda bir qator vazirlik va idoralar, Toshkent aeroportining bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, aviahalokat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda xodimlarning tayyorgarligini oshirishdan iborat.



