Muammoga yechim – yuzma - yuz muloqotda!
2025-08-07 15:45:00 / Yangiliklar
Bugun, 7-avgust kuni Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari polkovnik N.Kadirov, viloyat FVB rahbariyati hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida joylashgan "Yoshlar markazi"da ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda, Sirdaryo viloyatida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, pensionerlar va yoshlarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.





