Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.B.Kudratxodjayev rahbarligida Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-08-05 17:25:00 / Yangiliklar
Bugun, 5-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar rahbar xodimlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali onlayn va oflayn tarzda vazirlikning 2025-yilning 6 oyi yakuniga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan muhokamalar davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib, har sohaviy yo‘nalish bo‘yicha respublika, viloyat, tuman, shahar darajalarida tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.


