FVV harbiy xizmatchi ayollari oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari-2025” koʻrik tanlovining navbatdagi hududiy saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
2025-08-04 17:25:00 / Yangiliklar
Shuningdek, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan hududiy saralash bosqichida esa Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlari FVB hamda FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi harbiy xizmatchi ayollaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Unda jamoalar 5 ta shart ya’ni, o‘q otish tayyorgarligi, harbiy tayyorgarlik, epchil, tejamkor va orasta beka, bilimdonlik hamda erkin uslubda 50 metr masofaga suzish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
FVV Akademiyasida bo‘lib o‘tgan hududiy saralash bosqichining yakuniy natijalarga ko‘ra:
1 – o‘rin Toshkent shahar FVB jamoasiga;
2 – o‘rin FVV Akademiyasi jamoasiga;
3 – o‘rin FVV Markaziy apparati jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan hududiy saralash bosqichining yakuniy natijalarga ko‘ra:
1 – o‘rin Samarqand viloyati FVB jamoasiga;
2 – o‘rin Qashqadaryo viloyati FVBning jamoasiga;
3 – o‘rin Surxondaryo viloyati FVBning jamoasiga nasib etdi.
Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanib, 1-2- o‘rinni egallagan jamoalar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Respublika bosqichi joriy yilning 15-16-avgust kunlarida o‘tkaziladi.
