FVV harbiy xizmatchi ayollari oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari-2025” koʻrik tanlovining Namangan va Buxoro viloyatlarida saralash bosqichlari o‘tkazildi
2025-08-02 12:55:00 / Yangiliklar
Namangan viloyatida o‘tkazilgan hududiy saralash bosqichida Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Fuqaro muhofazasi instituti va Muhandislik muhofaza va qurilish tiklash ishlari bosh boshqarmasi harbiy xizmatchi ayollaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan hududiy saralash bosqichida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro viloyatlari FVB hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi harbiy xizmatchi ayollaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Unda jamoalar 5 ta shart ya’ni, o‘q otish tayyorgarligi, harbiy tayyorgarlik, epchil, tejamkor va orasta beka, bilimdonlik hamda erkin uslubda 50 metr masofaga suzish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan hududiy saralash bosqichining yakuniy natijalarga ko‘ra:
1 – o‘rin Buxoro viloyati FVBning “Toʻmaris” jamoasiga;
2 – o‘rin “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazining "Xaloskorlar" jamoasiga;
3 – o‘rin Navoiy viloyati FVB ning “Shirin” jamoasiga nasib etdi.
Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan hududiy saralash bosqichining yakuniy natijalarga ko‘ra:
1 – o‘rin Toshkent viloyati FVBning “Nurafshon” jamoasiga;
2 – o‘rin Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari FVBning “Oltin vodiy qizlari” terma jamoasiga;
3 – o‘rin Fuqaro muhofazasi instituti va Muhandislik muhofaza va qurilish tiklash ishlari bosh boshqarmasining "Madadkor" jamoasiga nasib etdi.
Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanib, 1-2- o‘rinni egallagan jamoalar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Hududlarda saralash bosqichlari davom etmoqda.
Respublika bosqichi joriy yilning 15-16-avgust kunlarida o‘tkaziladi.
