Respublikamiz bo‘ylab barcha turdagi gaz to‘ldirish shoxobchalarda ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
2025-08-01 15:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonning barcha hududlarida soha xodimlari tomonidan yong‘inga qarshi vositalar, yong‘indan avtomatik xabar berish tizimlari va evakuatsiya yo‘laklarining holati ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, korxonalarning ishchi-xizmatchi bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, favqulodda vaziyatda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda.
Mazkur tadbirlar shoxobchalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta'minlash va tezkor harakat qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.







