Qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari doimiy nazoratda
2025-07-28 14:55:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati FVB tomonidan Bo'stonliq tumani "Qizilsuv" MFY hududida qirg‘oq mustahkamlash va o‘zan tozalash tadbirlarini o‘rganish ishlari olib borildi.
Unda, sel oqimlari va suv toshqinlarini xavfsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, daryolar, kanallar va ichki ariqlarni o‘zanlarini tozalash, betonlash jarayonlari o‘rganilib, mas'ullarga kerakli taklif va tavsiyalar berildi.



