FVV xodimlari nufuzli musobaqa g‘oliblari qatorida
2025-07-25 09:50:00 / Yangiliklar

Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 30 ta davlat sportchilari qatorida FVV jamoasi ham ishtirok etdi. Unda, sportchilar sportning bir nechta turi bo‘yicha bellashdilar.
Mazkur musobaqada, kurashning grepling turi bo‘yicha 74 kg vazn toifasida Jizzax viloyati FVB O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yong‘in-qutqaruv otryadi yong‘in-qutqaruvchisi oddiy askar Kamronbek Ahmedov faxrli 1-o‘rinni egallab, Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, sportning to‘liq jang turi bo‘yicha +100 kg vazn toifasida Toshkent shahar FVB Yashnobod tumani FV bo‘limi qutqaruvchisi oddiy askar Erkinov javohirbek faxrli 1-o‘rinni egallab, Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fursatdan foydalanib, hamkasblarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusidagi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.



