Ochiq muloqot – masalani hal qilishning samarali yo‘li!
2025-07-23 16:45:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati FVB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Yangiariq tumanida bo‘lib o‘tdi.
Qabulni Xorazm viloyati FVB boshlig‘i polkovnik O‘. Meyliyev olib bordi. Unda fuqarolar, harbiy xizmatchilar, xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbirda murojaatchilar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha murojaat qilishdi.
Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.


