FVV – ijtimoiy o‘zgarishlarda ham faol ishtirokchi
2025-07-23 09:25:00 / Yangiliklar

Navoiy va Surxondaryo viloyatlari FVB boshliqlari tomonidan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jarayonda, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar yashash sharoitlari, ularning daromadini oshirish va ishsizlarning bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan hududdagi mahallalarda oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘i tomonidan Oltinsoy tumani "Tog'aymurod" mahallasida istiqomad qiluvchi kam ta’minlangan fuqaroga pishiriq va shirinliklar tayyorlash pechi topshirilib, doimiy daromadi ta’minlandi. Shuningdek, Navoiy viloyatining Karmana tumani “Paxtaobod” MFYda muloqot tashkil qilinib, ish bilan ta’minlash va bu orqali daromadlarini oshirishga koʻmaklashish yuzasidan kelishib olindi.



