Navoiy viloyatida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibining xizmat va jangovar tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish boshlandi
2025-07-21 16:00:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga asosan, Navoiy viloyatida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarida xizmatni tashkil etish, jangovar tayyorgarligini takomillashtirish hamda xizmat hujjatlarini tartibga keltirish borasida vazirlikning ishchi guruhi o‘z ishini boshladi.
Besh kun davom etadigan o‘quv seminari davomida Navoiy viloyati FVB hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi qism boshliqlari va otryad komandirlari bilan jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi hamda yakunida yuqori chaqiriqqa kiritilgan obyektdalarda maxsus yong‘in qutqaruv amaliy taktik mashqi tashkil etiladi.

