Yuksak ma’naviyat – barqaror jamiyat poydevori
2025-07-21 15:25:00 / Yangiliklar

Bugun, 21-iyul kuni FVV Markaziy apparatida navbatdagi “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti” bo‘lib o‘tdi. Unda, Markaziy apparat shaxsiy tarkibi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor, Shermuhammedova Jamila Toshpo‘latovna ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tuzilishi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavzusi to‘g‘risida kerakli ma'lumotlar berildi, shuningdek Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan FVVning kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.


