Hududlardagi o‘quv amaliyotlar Akademiya e’tiborida
2025-07-19 14:15:00 / Yangiliklar

Ta’kidlab o‘tish kerakki kursantlar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashi, kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlashi, ish jarayonidagi vazifalarni bajarishi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.
O‘rganish davomida kursantlarga biriktirilgan murabbiylar bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlari, ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joylarga chiqishlari, aholi yashash manzillari, korxona va tashkilotlarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga jalb etilishi bo‘yicha suhbatlar olib borildi.
Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati bo’lim, bo’linma va mutaxassislari bilan suhbatlashilib, kelgusida Akademiya o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar olindi.


