Yosh qutqaruvchilar – do‘stlik va mahorat musobaqasida
2025-07-19 12:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 8-16-iyul kunlari Belarus Respublikasida yosh yong‘in-qutqaruvchilarning XVIII xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro musobaqada Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston davlatlaridan 5 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

Baxslarga boy bo‘lgan ushbu xalqaro musobaqada O‘zbekistonning "Jayxun" jamoasi ham munosib ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.








